O‘zbekistonlik baydarkachi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
20 aprel
1913Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yekaterina Shubina Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
U Yaponiyada o‘tayotgan litsenzion Osiyo chempionatida 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida kumush medal bilan birga Olimpiada yo‘llanmasini ham naqd qildi. Shu bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 29 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki o‘zbekistonlik erkin kurashchi ham O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 2 ta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘shib qo‘ygani хабар qilingandi.