O‘zbekistonlik ayol Turkiyada bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
13 mart
64223Turkiyaga borganidan so‘ng oila a’zolari bilan aloqasini yo‘qotgan Iroda Po‘latova qidirilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi e’lon qildi.
Qayd etilishicha, Iroda Bahodir qizi Po‘latova 1995 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ushbu fuqaro to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lganlardan Bosh konsulxonaning +902123232037, +902123232039 telefon raqamlari yoki uzbekconsul@yahoo.com elektron manzil orqali xabar berish so‘raladi.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan 18 yoshli Barnoxon Xoldaraliyeva, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi Oydin Tursunova, Jizzax viloyatida yashovchi Sabrina Nazirqulova, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi Madina Ibrohimova hamda Ruxshona Jiyanboyevalarning bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik. Oradan 24 kun o‘tib Oydin Tursunova topilgani ma’lum bo‘ldi, biroq Barnoxon Xoldaraliyeva, Sabrina Nazirqulova, Madina Ibrohimova hamda Ruxshona Jiyanboyeva hamon bedarak yo‘qolgan bo‘yi qolmoqda.
LiveBarchasi