O‘zbekistonlik 5 nafar para taekvondochi Paralimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
04 Yanvar 2024 6176 1 daqiqa
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ilk bor o‘zbekistonlik 5 nafar para taekvondochi reyting orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Ayollar:
Ziyoda Isoqova (-47 kg);
Guljanoy Naimova (+65 kg).
Erkaklar:
Zuhriddin Tohirov (-63 kg);
Javohir Aliqulov (-70 kg);
Asad Toshtemirov (-80 kg).
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para taekvondo dasturida 3 nafar sportchi bilan ishtirok etgan.
Hozirga kelib, Parij-2024 Paralimpiadasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik para atletlar soni 32 nafarga yetdi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr