O‘zbekistonlik 23 yashar yigit Turkiyada o‘ldirib ketildi
Jamiyat
−
10 yanvar 2020
13727
Turkiyaning Istanbul shahrida turkmaniston fuqarosi o‘zbekistonlik yigitni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Qayd etilishicha, jinoyatga o‘zbekistonlik fuqaro ham sherik bo‘lgan.
Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 22:10 atrofida turkmanistonlik 23 yashar Arslan K. Istanbulning Talatposha mahallasida bo‘g‘zidan pichoqlangan holda topilgan. Uni ko‘rganlar zudlik bilan tez yordamga xabar bergan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilib, og‘ir ahvolda Bakirko‘ydagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Esenyurt jamoat xavfsizligi byurosi xodimlari Arslan K.ning o‘ziga kelishini uch kun kutishdi. Shundan so‘ng, u politsiya xodimlariga boshidan o‘tganlarni so‘zlab berdi.
Uning qayd etishicha, 1 yanvar kuni Arslon K. va u bilan bir uyda istiqomat qilayotganlar o‘rtasida o‘zaro haqorat sabab janjal kelib chiqqqan. Janjal vaqtida Arslon K. va o‘zbekistonlik bo‘lgan 23 yashar Olimboy O. pichoqlanadi. Oqibatda o‘zbekistonlik yigit vafot etadi, Arslon esa yaralangan holatda qochib qolishga muvaffaq bo‘ladi.
Oradan ko‘p o‘tmay, 3 yanvar kuni kuni politsiya o‘zbekistonlik Olimboy O.ning jasadini Beylikdo‘zidagi sohildan topadi. Sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan olib borilgan tekshiruv natijalarida ko‘ra, Olimboy O. o‘tkir tig‘li jism orqali qornidan yaralanib, vafot etgani aniqlanadi.
Surishtiruv va tergov ishlari davomida politsiya turkmanistonlik uch fuqaro – 44 yashar Bartalav T. va uning rafiqasi 44 yashar Ro‘za T.ni, shuningdek, o‘zbekistonlik 35 yashar Jamol J.ni qo‘lga oladi.
Politsiya tergov natijasida gumondorlar qotillikka qo‘l urganlarini tan olganlar. Olimboyga pichoqni Baratlav T. urgan. Bunga esa yoning sheriklari – rafiqasi Ro‘za va o‘zbekistonlik Jamol ham yordamlashgan. Jinoyatchilar Olimboyning jasadini avval axlat qutisiga solib, so‘ng uni suvga uloqtirganlarini so‘zlab berishgan.
Jinoyatda sherik bo‘lgan uch shaxs politsiya tomonidan hibslandi va jinoyat ishi sudga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova ham Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning xonadonida vafot etgan edi.
LiveBarchasi