O‘zbekistonlik 13 yoshli bola “Golos. deti”da barcha hakamlarni o‘ziga qaratdi
Madaniyat-san’at
−
23 dekabr 2022
41303O‘zbekistonlik Firdavs Avezov Rossiyaning “Golos. deti” loyihasining 10 mavsumi, 2 sonida ishtirok etdi. U Karlos Almaranning “Bir muhabbat tarixi” qo‘shig‘ini ijro etdi va barcha hakamlarni o‘ziga qaratdi.
U sahnaga chiqishidan oldin o‘zi haqida qisqacha intervyu bergan.
“Men Toshkent shahridanman, yoshim 13 da. Mening ota-onam ham musiqachi. Bir nafar ukam bor. Men Dima Bilanga o‘xshashni xohlayman”, deydi u.
“Golos” tele-loyihasining qoidasiga ko‘ra, dastlabki bosqichda sahnaga chiqqan ishtirokchi qo‘shiq kuylaydi va jonli ijrosi orqali unga teskari o‘tirgan hakamlarni o‘ziga qaratishga urinadi. Agar hakamlarga ijrochining ovozi ma’qul kelsa, ular sahnaga o‘giriladi. Bunday hollarda sahnadagi qo‘shiqchi o‘ziga qaragan hakamlardan birini tanlashi va keyingi bosqichlarda uning guruhida bo‘lishi lozim.
Firdavs Avezov o‘z ijrosi orqali hakamlar Yegor Krid, Basta va “MakSim”ni o‘ziga qaratdi va Basta har qancha uni o‘z guruhiga taklif etmasin, Firdavs ulardan Yegor Kridni tanladi. Krid Firdavsning ijrosi haqida ham o‘z fikrlarini bildirgan.
“Sen haqiqiy artistsan. Biz barchamiz senga qaraganimizda ham sen obrazdan chiqib ketmading. Qo‘shiqni professional ijro etding. Sen yosh bo‘lsangda ijro orqali hammasini yetkazib berding, men esa qo‘shiqni his etdim”, degan Krid.
Ma’lumot o‘rnida, turli yillarda Sevara Nazarxon, Nargiz Zokirova, Sardor Milano, Sabina Mustayeva, Madina Saidazimova va Shuhrat Turdixo‘jayev kabi asli kelib chiqishi O‘zbekistonlik bo‘lgan san’at vakillari ushbu loyihada ishtirok etgan.
LiveBarchasi