MakSim o‘zini biroz yaxshi his qilayotgani aytilmoqda. Biroq...
Madaniyat-san’at
−
10 iyul 2021
19600Rossiyalik xonanda Marina Maksimova (MakSim) o‘zini biroz yaxshi his qilmoqda, ammo uning ahvoli avvalgidek og‘irligicha qolyapti. Bu haqda xonandaning piar-menejeri Yana Bogushevskaya kecha, 9 iyul kuni mahalliy OAVga ma’lum qildi.
“Marina haqiqatan ham, biroz yaxshiroq, ammo uning ahvoli hali ham og‘irligicha qolmoqda. O‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatini o‘chirishga hali erta”, deydi Bogushevskaya.
Xonandaning vakili ijobiy holat haqida gapirishga hali erta ekanini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyun kuni 38 yoshli qo‘shiqchi o‘zining Instagram sahifasida shamollash alomatlarini his qila boshlaganini, keyin uning harorati 39 darajaga ko‘tarilganini aytgan edi. Uning ahvoli yaxshilanmadi va koronavirusga qarshi testlar salbiy natijalarni ko‘rsatdi. 19 iyunga kelib esa MakSim pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizildi va sun’iy komaga tushirildi.
LiveBarchasi