MakSim o‘z karerasini vaqtincha to‘xtatdi

Madaniyat-san’at

image

40 yoshli rossiyalik xonanda MakSim o‘z karerasida bir muddat tanaffus qilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Mash” xabar berdi.

Qayd etilishicha, MakSim spirtli ichimliklarga qaramlikdan davolanganidan so‘ng, qo‘shiqlarini jonli ijroda kuylashga qiynalmoqda, shu bois u noma’lum muddatga ommaviy chiqishlar va konsertlardan bosh tortdi. 

Shunga qaramay, qo‘shiqchi yopiq tadbirlarda fonogramma yordamida kuylash sharti evaziga chiqish qilishi mumkin. Shuningdek, xonanda ijro narxini 4,5 million rubldan 3 millionga kamaytirdi.

Ma’lumot uchun, san’atkor hali alkogolizmdan butunlay davolanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik xonanda Anna Asti oyog‘idagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng mart oyidagi konsertlarini aprel oyiga qoldirishga majbur bo‘lgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MakSim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing