Anna Asti sog‘lig‘i sabab konsertlarini qoldirdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik xonanda Anna Asti oyog‘idagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng mart oyidagi konsertlarini aprel oyiga qoldirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Yaqinda qo‘shiqchining ikki oyog‘i operatsiya qilingan. Jarrohlik amaliyotidan keyin u hali tuzalib ketishga ulgurmagan. San’atkor bir oyog‘ida qattiq og‘riq borligi va hatto sezilarli oqsoqlanib yurishini aytgan.

“Yanvar oyida ikki oyog‘imni operatsiya qildim, hali butunlay tiklanmadim, chunki bir oyog‘im qattiq og‘riyapti. Men ikki soatlik konsertlarda jismonan bardosh berolmayman. Biz mart oyidagi gastrol safarimizni aprel oyiga qoldirishga majburmiz. Barcha chiptalar o‘z kuchida qoladi”, deb yozadi Anna Asti.

Shuningdek, qo‘shiqchi oyog‘idagi hozirgi og‘riqni bartaraf qilish uchun yana bir operatsiyaga tayyor ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq britaniyalik xonanda Adel sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli vaqtincha katta sahnani tark etishi ma’lum qilingandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Anna Asti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar