O‘zbekistonlik harbiylar estafetada birinchilikni qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Shu yilning 4-15 avgust kunlari O‘zbekistonda birinchi bor Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Qiziqarli bahs va munozaralarga to‘la bo‘lgan 12 kun davomida 11 ta davlatning 200 nafarga yaqin harbiy-tibbiyot mutaxassislari nafaqat yuqori malaka va mahoratlarini namoyish qilishdi, balki harbiy birodarlik va do‘stona munosabatlarni ham ko‘rsatdi.

“Forish” poligoni mezbonlik qilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining final bosqichida “Xalqaro tanlov g‘olibi” nominatsiyasi bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘rinlar qo‘yidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi (5979 ball).

2-o‘rin – Qozog‘iston Respublikasi (5116 ball).

3-o‘rin – Rossiya Federatsiyasi (4992 ball).
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonlik

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing