Turkiyada rafiqasini bo‘g‘zidan pichoqlab o‘ldirgan o‘zbekistonlik umrbodga qamaladi

3-sahifa

image

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi Nigina Sattorovaning ko‘cha o‘rtasida o‘ldirilishi yuzasidan olib borilgan tergov ishlari yakunlandi. Prokuratura jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan uning turmush o‘rtog‘i Umid Sattorovga nisbatan og‘irlashtirilgan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘radi. Bu haqda Turkiya mahalliy nashrlari yozmoqda. 

Shuningdek, davlat qoralovchisi qotillikni sodir etgan shaxsga yordam bergani aniqlangan ikkinchi gumonlanuvchi – O‘rinboy Botirbekovga esa 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishini so‘ragan. 

O‘tgan yilning 17 avgust kuni Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan megapolisi Istanbulning Umraniya tumanida o‘zbekistonlik 33 yashar Nigina Sattorova turmush o‘rtog‘i Umid Sattorov tomonidan bo‘g‘zidan pichoqlab o‘ldirilgan edi. 

Marhuma O‘zbekistonning Samarqand viloyatidan bo‘lgan va Istanbulda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. U 35 yashar turmush o‘rtog‘i Umid Sattorov bilan rashk sabab kelib chiqqan janjal oqibatida pichoqlab o‘ldirilgan. 

Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida gumondor 2025 yilning 18 avgust kuni – voqea sodir bo‘lganidan bir kun o‘tib, Umroniya hududida qo‘lga olingan. Shuningdek, jinoyatchini yashirishga yordamlashganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzax viloyatidan bo‘lgan O‘rinboy Botirbekov ham politsiya tomonidan ushlangan. 

Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach, 19 avgust kuni gumonlanuvchilarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing