O‘zbekistonga Tojikiston Parlamenti spikeri kelyapti
Jamiyat
−
05 Oktabr 2019
2320Shu yilning 6-8 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu tashrif doirasida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar parlamentlararo hamkorlikning bugungi ahvoli, istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, tashrif davomida yuqori martabali mehmon Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilmoqda.
Ma’lumot uchun,Tojikiston Parlamenti ikki palatadan iborat bo‘lib, yuqori palata Milliy Kengash, quyi palata Majlisi namoyandagon deb yuritiladi.
LiveBarchasi