O‘zbekistonga ot olib kirmoqchi bo‘lgan kontrabandachilar ushlandi
Olam
−
17 Sentabr
9029Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 34 bosh yilqini O‘zbekistonga o‘tkazishga uringan kontrabandachilar qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
O‘sh viloyatida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari va O‘zgan tumanining Ko‘k-Tosh uchastkasi chegara xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 15 avgust kuni olib borilgan tekshiruv natijasida aniqlanishicha, gumonlanuvchi B.T.J. O‘zbekiston fuqarosi Habibulla bilan kelishib, O‘zgan shahridagi chorva bozoridan 24 bosh ot sotib olgan. U 80 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida pul mukofoti olib, chegara chizig‘ida muhandislik inshootlari mavjud bo‘lmagan hudud orqali hayvonlarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga uringan.
Shuningdek, Oqsi tumani Qora-Tobo qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea joyida 1999 yilda tug‘ilgan K.U.B. 10 bosh otni harakatga keltirmoqchi edi. Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, olib qo‘yilgan 34 bosh ot davlat foydasiga musodara qilinadi. Jonivorlar davlat chegarasini qo‘riqlashda foydalanish uchun chegara xizmati balansiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod shahrida Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotganida qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi