O‘zbekistonga narkotik moddalar olib o‘tayotgan “Yovvoyi” ushlandi

3-sahifa

image

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga giyohvand moddalar olib o‘tayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari qishdan beri maxsus operatsiya o‘tkazib kelgan. Natijada Qirg‘izistonning Aqsi va Ala-Buka viloyatlari orqali narkotik moddalar savdosini tashkil qilgan hamda muqaddam sudlangan  “Japayi” (“Yovvoyi”) laqabli fuqaro qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, operatsiya davomida 16 kilogrammdan ortiq gashish musodara qilingan.

“Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qo‘lga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Tergov tadbirlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonga Qirg‘iziston va Tojikistondan olib kelingan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilingani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston narkotik moddalar Yovvoyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing