O‘zbekistonga ko‘proq qaysi davlatlardan o‘qish uchun kelishmoqda?
Jamiyat
−
01 noyabr
65242023-2024 o‘quv yili boshidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 10 ming 845 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimida taqsimlanishi:
- Hindiston – 5 ming 733 nafar;
- Pokiston – 1358 nafar;
- Turkmaniston – 904 nafar;
- Rossiya – 750 nafar;
- Qozog‘iston – 537 nafar;
- Tojikiston – 285 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar;
- Afg‘oniston – 196 nafar;
- Xitoy – 182 nafar;
- Koreya Respublikasi – 176 nafar;
- Kanada – 124 nafar;
- Boshqalar – 315 nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar yashash uchun ko‘proq qaysi davlatga ko‘chib ketgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘istonga ketgan (82,4 foiz).