O‘zbekistonga giyohvand modda olib o‘tishga uringan jinoiy guruh a’zosi ushlandi
3-sahifa
−
31 iyul
5347Qirg‘izistonlik narkokurer yirik partiyadagi giyohvand moddalarni O‘zbekistonga olib o‘tayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 iyul kuni Qirg‘izistonning Qizil-Qiya shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida chet el fuqarosi bo‘lgan giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi guruh a’zosi qo‘lga olingan. Undan umumiy qiymati 6,5 million so‘m bo‘lgan 15 kg gashish musodara qilingan.
Qo‘lga olingan shaxs giyohvand moddalarni sotish maqsadida Farg‘ona viloyatiga olib o‘tmoqchi bo‘lganini tan olgan.
Shuningdek, jinoiy guruh Tojikiston – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro narkotik kanalini tashkil etgani aniqlangan.
Bildirilishicha, Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni ushlab, qamoqqa olgan. Erkak 15 sentyabrgacha hibsda saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qator viloyatlarda Qirg‘izistondan olib kelingan psixotrop moddalar va Tojikistondan olib kirilgan narkotik moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangandi.
LiveBarchasi