O‘zbekistonga dori vositalarini noqonuniy olib kirishga uringanlar ushlandi
Olam
−
22 iyun 2023
5582Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga dori vositalari yukini noqonuniy olib kirishga uringanliklarini fosh qildi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 4 iyun kuni maxsus xizmat va chegarachilar Nookat viloyatida tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvidagi “Daewoo Nexia” rusumli avtomashinani to‘xtatgan. Uning mashinasidan 8 quti kontrabanda dori vositalari topilgan.
Bundan tashqari, avtomobil kelayotgan chegara chizig‘idan 127 quti dori vositalari topilgan. Shu bilan birga, boshqa mashina yukni tushirib, g‘oyib bo‘lgan.
Qo‘lga olingan kontrabanda tovarlarning taxminiy bozor qiymati 4 million 406 ming 380 qirg‘iz somiga baholanmoqda.
LiveBarchasi