O‘zbekistondan jo‘natilgan o‘riklar Rossiyaga kiritilmadi

Jamiyat

image

O‘zbekistondan Rossiyaning Orenburg viloyatiga yuborilgan o‘riklar qurtlaganligi sababli kiritilmadi. Bu haqda mintaqaviy “Rosselxoznadzor” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Uralkomplekt” omborida o‘tkazilgan tekshirish chog‘ida yangi o‘rik partiyasidan zararkunandalar aniqlangan. 

Xabarda keltirilishicha, umumiy hisobda viloyatga 0,924 tonna meva olib kirishga harakat qilingan. Ammo ushbu holatdan so‘ng viloyatga o‘rik olib kirish taqiqlangan. Aybdorlar javobgarlikka tortilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining standartlar departamenti Hayraton portidan hajmi 120 ming litrga yaqin ikki sisterna sifatsiz benzinni O‘zbekistonga qaytarib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Orenburg o'rik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing