Ukrainaning navbatdagi “sevimli nishoni” Ozon yana dronlar hujumiga uchradi (video)

Olam

image

Rossiyaning Orenburg va Ufa shaharlaridagi Ozon kompaniyasining logistika ob’ektlari bugun, 27 avgustga o‘tar kechasi Ukraina dronlari hujumiga uchradi. Bu haqda kompaniya o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida xodimlar evakuatsiya qilingan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida ob’ektlarda yong‘in yuzaga kelmagan. Orenburgdagi logistika ob’ekti faoliyatini qayta tiklagan.

Ufadagi logistika majmuasi esa kichik zarar ko‘rgan. Hududni to‘liq tekshirish zarurati sababli ob’ekt vaqtincha yopilgan. Hozircha Ufa shahrida sotuvchilardan kelayotgan jo‘natmalar qabul qilinmayapti, yo‘lda bo‘lgan yuklar esa boshqa logistika ob’ektlariga yo‘naltirilmoqda.

“Ufadagi yetkazib berishlarni hozircha qabul qilmaymiz, yo‘lda bo‘lganlarini boshqa ob’ektlarga yo‘naltiramiz. Mijozlar odatdagidek buyurtma berishlari mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, 27 avgustga o‘tar kechasi Orenburg viloyatida dron va raketa xavfi e’lon qilingan. Orenburg va Ufa aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga vaqtincha cheklovlar joriy etilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, tun davomida mamlakat hududlari ustida 267 ta Ukraina droni havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan yoki tutib qolingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 avgust tongida Rossiyaning Tambov viloyatidagi Kotovsk shahridagi Wildberries logistika markazi Ukraina dronlari hujumi oqibatida yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing