Orenburgda to‘g‘on buzilishi sababli odamlar evakuatsiya qilinmoqda (video)

Olam

image

Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Orsk shahrida mintaqani Ural daryosining toshib ketishidan himoya qiladigan to‘g‘on buzildi. Bu haqda kecha, 5 aprel kuni mahalliy hokimiyat va favqulodda xizmatlar xabar berdi. 

Orsk ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 4 mingdan ortiq uy va 11 mingga yaqin odam suv toshqini zonasiga tushishi mumkin. 

“To‘g‘onning buzilishi, birinchi navbatda, Orskning xususiy sektoriga tahdid soldi”, deydi operativ xizmatlar.

Butun Orenburg viloyatida favqulodda holat joriy etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari politsiya xodimlari ko‘magida viloyatning 3 mingdan ortiq aholisini evakuatsiya qildi. Evakuatsiya davom etmoqda. 95 ta aholi punktidagi 1825 ta turarjoy binolari va 5242 ta tomorqa yerlari suv ostida qolgan.

“Ural56.ru” Telegram-kanaliga ko‘ra, shahar gipermarketlarida gazsiz ichimlik suvi tugab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya to'g'on Orenburg Orsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing