Orenburgda Ural daryosining yana ko‘tarilishi kutilmoqda
Olam
−
11 aprel
6930Rossiyaning halokatli toshqindan jabr ko‘rgan Orenburg viloyatida Ural daryosidagi suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda, yaqin 24 soat ichida mintaqadagi yana 3,5 mingga yaqin turar-joy binolari suv ostida qolishi mumkin. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yaqin 24 soat ichida Ural daryosida suv sathining yanada oshishi va 7 ta munitsipalitetning 25 ta aholi punktida 3580 ta turar-joy binolari, 3950 ta tomorqa yerlarini suv bosishi prognoz qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Viloyatning Orenburg okrugi ma’muriyatining bildirishicha, kechagina Uralda suv 32 santimetrga ko‘tarilgan.
“11 aprel kuni soat 6:00 da Ural daryosida suv sathi ko‘tarilgan. 1054 sm, xavfli ko‘rsatkich 124 santimetrga oshib ketdi”, deyiladi xabarda.
Rasmiylar aholini suv bosgan hududni evakuatsiya qilishga chaqirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Orenburg viloyatida 12 mingga yaqin uy suv ostida qolgan.
“11 aprel kuni soat 8:00 holatiga ko‘ra, 78 aholi punkti va 23 munitsipalitet hududida 11 972 ta turar-joy binolari va 14 991 ta xo‘jalik uchastkalari suv ostida qoldi”, deyiladi viloyat yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasi boshqarmasi xabarida.
Umuman olganda, viloyat daryolarida suv sathining bir sutkada 98 santimetrgacha pasayishi kuzatilmoqda, faqat ayrim daryolarda sutkada suv sathi 23 santimetrgacha ko‘tarilgan. Maksimal kunlik ko‘tarilish Ural daryosida (+81 sm) qayd etilgan.
Ta’kidlash joizki, 4 apreldan Orenburg viloyatida suv toshqini bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli mintaqaviy favqulodda holat rejimi joriy etilgan. 7 aprel kuni hukumat komissiyasi Orenburg viloyatidagi suv toshqinini federal favqulodda holat deb tasniflashga qaror qildi. Toshqindan ko‘rilgan umumiy zarar, mintaqaviy hokimiyatlarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 21 milliard rublni tashkil qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Chelyabinsk viloyatida suv bosgan hududlar soni kuniga 37 taga, ya’ni deyarli chorakga kamaygan.
“24 soat davomida 11 ta hovlining hududini suv butunlay tark etgan. Qizil qishlog‘ida 7 ta tomorqa, Parij qishlog‘ida 18 ta tomorqa, Bajova qishlog‘ida 12 ta tomorqa yerlari suv ostida qolmoqda”, deyiladi viloyat jamoat xavfsizligi idorasi xabarida.
LiveBarchasi