O‘zbekistondagi 5 ta oliy o‘quv yurti xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilinadi

Jamiyat

image
Endi oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaxassislar OTMda dars berishi mumkin north_east

Endi oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaxassislar OTMda dars berishi mumkin

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining yuklamasi maqbullashtirilsin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi. Bu haqda “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Prezident Farmonida keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshiriladi.

2020 yilda kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish choralari ko‘riladi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Prezident Farmonida

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing