Endi oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaxassislar OTMda dars berishi mumkin

Jamiyat

image
OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi north_east

OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi

Tasviriy va amaliy san’at sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin o‘zining noyob iste’dodi va mahorati bilan tanilib, xalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan xalq rassomlari, Badiiy akademiyaning akademiklari, “O‘zbekiston xalq ustasi” va soha bo‘yicha boshqa davlat mukofotlari va sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan mutaxassislar istisno tariqasida oliy o‘quv yurtlarida dars berish huquqiga ega bo‘ldi.

Bu haqida kecha, 27 fevral kuni AOKA tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z yuritilgan.

Anjumanda aytilishicha, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Chanapatana Xalqaro dizayn instituti, Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti bilan hamkorlikda “Dizayn libos va gazlamalar” va “Intererni loyihalash” yo‘nalishlarida qo‘shma fakultetlar ochilgan.

Ayni paytda Badiiy akademiya tizimida jami 16 ta ta’lim muassasa — 1 ta institut, 4 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda 11 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

OTM tasviriy va amaliy san'at

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing