OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish rejalashtirilyapti. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.

2020 yil 1 maygacha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Rejada:

•    tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini tashkil etish;

•    umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish;

•    tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini O‘TKAZISH bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Ma’sullar – Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing