OTTlarga maqsadli qabul imtihonlari uçun ruxsatnomalar e’lon qilindi
Jamiyat
−
14:22 419 2 daqiqa
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uçun imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 452 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilingan.
Test sinovlari joriy yilning 28 oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.
Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişi mumkin.
Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.
Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026/2027 öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalarning maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilingandi.
Live
Barchasi