Milliy sertifikat imtihonlari oldidan test savollari sotilyaptimi?

O‘zbekiston

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda milliy sertifikat imtihonlari oldidan “X variant” nomi ostida test savollari sotilayotgani hamda bunga Bilim va malakalarni baholaş agentligining hududiy bölimlari xodimlari va ayrim repetitorlar aloqador ekani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Bilim va malakalarni baholaş agentligi munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, uşbu da’volar heç qanday dalil bilan tasdiqlanmagan. Sotilayotgani aytilgan savollarning imtihonlarda qöllaniladigan test topşiriqlariga ham, agentlik xodimlariga ham aloqadorligi haqida asos yöq.

Milliy sertifikat imtihonlarida test topşiriqlarining maxfiyligi va xavfsizligi belgilangan tartibda ta’minlangan.

“Fuqarolardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikni va “100 foiz kafolatlangan savollar” va’dasi bilan pul talab qilayotgan şaxslardan ehtiyot bölişni söraymiz. Bunday holatlarga oid aniq dalillar bölsa, ularni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etiş mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda milliy sertifikat imtihonlari uçun röyxatdan ötiş imkoniyati oçilgan, biroq imtihonga kiruvçi talabgorlar böyiça limit juda tez tölib qolgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing