O‘zbekistondagi har bir mahallada jamoatchilik nazorati guruhi tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhi tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkaziladi.

Mahalla nazorati guruhining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi ustidan;
  • fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ta’minlanishi ustidan;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan;
  • davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati ustidan;
  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi, mahallalardagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hisoblanadi.

Mahalla nazorat guruhi tarkibini shakllantirishda gender tenglik tamoyiliga rioya qilinadi. Guruh tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslar ham kiritiladi.

Mahalla nazorati guruhi a’zolarining soni cheklanmagan. Guruh a’zolari fuqarolar yig‘ini tomonidan har 5 yilda saylanadi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jamoatchilik nazorati mahalla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing