O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat vakillari o‘zbek tilini bilishi shart – Alisher Qodirov

Jamiyat

image
MDH davlatlari rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida targ‘ib qilishga ko‘ndi north_east

MDH davlatlari rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida targ‘ib qilishga ko‘ndi

Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishi kerakligini aytgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov bunga munosabat bildirdi.

“So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarning o‘zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!” deydi Qodirov.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart. 

“Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bog‘cha va boshlang‘ich ta’limda boshqa millatli vatandoshlarga o‘z ona tili va qadriyatlarini o‘rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, o‘zbek tili majburiy o‘rganadigan til sifatida belgilanishi kerak”, deydi deputat. 

Alisher Qodirov o‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishish zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida rossiyalik shovinist tarixchi Mixail Smolin Rossiyaning NTV kanalida uyushtirilgan tok-shouda o‘zbeklar, qozoqlar va ozarbayjonlar 1917 yilgacha mavjud bo‘lmaganini iddao qilganидан so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining o‘sha paytdagi rahbari Minhojiddin Mirzo aholini zaharli g‘oyalardan saqlash uchun mamlakatdagi xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barcha radio-televideniye kanallari hamda ularning internetdagi saytlarini zudlik bilan cheklash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilgandi. O‘shanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham O‘zbekistonda ta’lim va televideniyeda rus tilidan foydalanishni qisqartirishni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

rus tili Alisher Qodirov Vyacheslav Volodin o'zbek tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing