O‘zbekistonda yana bir shahar kirish va chiqish uchun yopildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, joriy yil 27 mart kuni, tungi soat 00:00 dan boshlab, Qarshi shahriga kirish-chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat va shaharga kirish-chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlar ro‘yxat va viloyat YPX maxsus ruxsatnomasi asosida viloyat bo‘ylab harakatlanishi  mumkin”, deyiladi xabarda.

Shu bilan bir qatorda, 28 mart kuni soat 06:00 dan boshlab Qarshi shahri hududida barcha qatnovlar (yo‘lovchi tashuvchi, onlayn xizmat ko‘rsatuvchi avtomashinalar, avtobus va mikroavtobuslar) harakati to‘xtatiladi. Korxonalarning oziq-ovqatlarni xonadonlarga yetkazib berish avtomashinalari harakatlanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, har bir tuman (shahar)lar hududlariga kirish-chiqishni nazoratga olish va avtomashinalarni dizenfeksiya qilish choralarni ko‘rish maqsadida vaqtinchalik maskan (post)lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Shuningdek, zarur hollarda viloyat aholisining boshqa viloyatlar hududiga chiqishi va kirishi (piyoda yoki avtomashinada)ga yuqori darajada cheklovlar o‘rnatiladi. Zarurat bo‘lmaganda viloyat hududidan chiqishingizni tavsiya etmaymiz.  

Viloyat va shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiramiz!”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, ToshkentNamanganAndijonSamarqandGuliston va Buxoro shaharlari koronavirus sabab kirish va chiqish uchun yopilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 83 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 

Bugun, 27 mart kuni koronavirusga chalingani aniqlangan namanganlik fuqaro miokard infarktidan vafot etdi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing