O‘zbekistonda o‘n asrlik yodgorlik buzilib, o‘rniga uy qurildi
Jamiyat
−
15 avgust 2022
14802Qashqadaryo viloyatida joylashgan X-XII asrlarga oid “Chordangitepa” arxeologiya yodgorligining bir qismi buzib tashlanib, o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yakkabog‘ tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid “Chordangitepa” arxeologiya yodgorligining bir qismi fuqaro M.F. tomonidan buzib tashlanib, o‘rnida uy-joy qurib yuborilgan. Bu ish orqali davlat manfaatlariga 315 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi VI-VII asrlarga oid “Nomsiztepa” arxeologiya yodgorligi bir qismi noma’lum shaxslar tomonidan buzib tashlangan. Oqibatda, davlat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Tekshirish natijalariga ko‘ra, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Namangan viloyatida o‘rta asrlarga oid “O‘rdatepa” arxeologik yodgorligi buzib tashlanib, o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgani aniqlangani haqida xabar bergan edik.