O‘zbekistonda tug‘ilgan jurnalist Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi
Olam
−
23 noyabr 2023
12269O‘zbekistonda tug‘ilib, 15 yoshida oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan jurnalist – Boris Maqsudov Ukrainadagi qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida halokatli jarohat olib, halok bo‘ldi. Rossiya tomonidan tayinlangan Qrim rahbari Sergey Aksyonov marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“Rossiya 24” telekanali muxbirining Boris Baxtiyorovich Maqsudovning o‘limi haqidagi xabarini chuqur qayg‘u bilan qabul qildim. Bu dahshatli yo‘qotish. U jangovar postdagi haqiqiy vatanparvar askar kabi o‘z burchini ado etib, halok bo‘ldi. Uning o‘z kasbiga sadoqati, mardligi va matonati o‘z hayotini jurnalistika bilan bog‘lagani barchaga munosib o‘rnak bo‘ladi.
Boris Baxtiyorovichning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiraman, dardingizga sherikman”, deb yozgan Sergey Aksyonov Telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, Boris Maqsudov Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotni Sochi davlat universitetining rus va chet el adabiyoti bo‘yicha ijtimoiy-pedagogika fakultetida olgan. Faoliyati davomida jurnalistikani tanlab, onasi va bobosining izidan borgan.
Maqsudov bir necha yildan buyon “Rossiya 24” telekanali muxbiri sifatida Zaporoje viloyatida (Ukraina) “maxsus harbiy operatsiya” hududidagi harbiy amaliyotlarning borishi haqidagi reportajni suratga olish, tayyorlash va efirga uzatish bilan shug‘ullanib kelayotgan edi.
LiveBarchasi