O‘zbekistonda tonggacha 267 kishi kasallandi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
9853Bugun, 5 avgust soat 10:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 267 nafarga ortib, 27 314 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 125 nafari Toshkent viloyatida;
• 84 nafari Toshkent shahrid;
• 39 nafari Buxoro viloyatida;
• 12 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) hamda Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda mamlakatda 18 051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 9 096 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda. Ulardan 619 nafari og‘ir, 208 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi