O‘zbekiston va bir qator davlatlarda Telegram ishlamay qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 16 dekabr kuni soat 18:20 lar atrofida O‘zbekiston Respublikasi hududida Telegram messenjeri noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi. 

Ilova ishida aynan nima sababdan uzilishlar yuzaga kelgani ma’lum emas. QALAMPIR.UZ’ning aniqlashicha, messenjer MDH davlatlari – Rossiya va Ukrainada ham ishlamay qolgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni kechki soatlarda O‘zbekistonda Telegram messenjeri bilan bog‘liq muammolar kuzatila boshlangandi.

Bu mamlakatdagi internet tezligi bilan bog‘liq muammo emasligi, balki nosozlik Telegram shirkatining o‘zidan kuzatilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Telegram messenjeri dunyo miqyosida eng ommabop messenjer bo‘lib, 2018 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning foydalanuvchilari soni 200 milliondan oshgan. Messenjerga birgina AQSH va Germaniyadan kelayotgan daromad yiliga 13 million AQSH dollarini tashkil etadi. 

2018 yildagi ma’lumotga ko‘ra, messenjerdan foydalangan rossiyaliyaliklar unga kuniga o‘rtacha 10-11 daqiqa vaqt sarflagan. Ayni vaqtda Rossiyada ushbu messenjerni ishlatish taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing