Telegram bir kunda 100 mingdan ziyod guruh va kanalni blokladi

Olam

image

Telegram kecha, 10 avgust kuni 101 mingdan ziyod guruh va kanalni blokladi. Bu 5 avgustdan keyin birinchi marta bir kunda bloklangan kanal va guruhlar soni 100 mingdan oshganini anglatadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 avgust kuni Telegram jami 101 ming 205 ta guruh va kanalni bloklagan. 5 avgust kuni esa bloklangan jamoalar soni 102 ming 278 tani tashkil etgan.

Messenjer statistikasiga ko‘ra, joriy yilning avgust oyi boshidan buyon 834 ming 113 ta guruh va kanal bloklangan. Ulardan 4 ming 608 tasi “terrorizm bilan bog‘liq” deb ko‘rsatilgan.

Yil boshidan buyon Telegram tomonidan bloklangan guruh va kanallar soni esa 22 million 592 ming 744 taga yetgan. Ularning 158 ming 750 tasi terrorizm bilan bog‘liq jamoalar sifatida qayd etilgan.

Telegram ma’lum qilishicha, 2015 yildan buyon kontent moderatsiyasi foydalanuvchilar shikoyatlari hamda mashinaviy o‘qitish texnologiyalari asosidagi proaktiv monitoringni o‘z ichiga oladi. 2024 yil boshidan esa bu jarayon sun’iy intellekt asosidagi moderatsiya vositalari bilan to‘ldirilgan.

Qayd etilishicha, Telegram’ning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moliyaviy monitoring federal xizmati (Rosfinmonitoring) Telegram asoschisi Pavel Durovni ekstremistlar va terroristlar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing