Kembrij luğati yil sözini e’lon qildi
Bu qiziq
−
13:56 324 3 daqiqa
Kembrij luğati 2026 yilning eng asosiy sözini e’lon qildi. Uşbu maqomga “human” (“inson”) sözi loyiq körildi. Bu sun’iy intellekt rivojlanib borayotgan bir paytda insoniy fazilatlarga bölgan qiziqiş ortib borayotganini aks ettiradi. Bu haqda luğatning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Luğat mualliflari öz tanlovini sun’iy intellekt ta’siri bilan izohlagan. Ularning kuzatuvlariga köra, uşbu söz “human-written” (inson tomonidan yozilgan), “human-generated” (inson tomonidan işlangan) va “human-made” (inson qöli bilan qilingan) kabi birikmalarda tobora köproq uçramoqda. Ular matn, tasvir yoki boşqa material neyrotarmoq emas, balki aynan inson tomonidan yaratilganini alohida ta’kidlaş uçun işlatiladi.
“Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent, ayniqsa past sifatli SI-kontentning keng tarqalişi bizni insoniy yondaşuvni köproq qadrlaşga va hatto unga nisbatan soğinç his qilişga olib kelmadimi?” deya savol qöyadi Kembrij luğati mualliflari.
Naşrda, şuningdek, “human” sözining ommalaşuvi nafaqat tildagi tabiiy özgarişlarni, balki jamiyatning sun’iy intellektga bölgan munosabati özgarayotganini ham aks ettirişi mumkinligi aytiladi.
Nega aynan uşbu söz 2026 yil ramziga aylandi?
Luğat mualliflarining fikriça, 2026 yil inson va maşina örtasidagi özaro munosabatlar tarixida buriliş yili bölişi mumkin. Dalillardan biri sifatida ular may oyida e’lon qilingan San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti tadqiqotini keltiradi. Unda sun’iy intellekt tizimlari Tyuring testidan öta olişining empirik isbotlari ilk bor taqdim etilgan.
Tajriba davomida iştirokçilar suhbatdoşlari bilan 15 daqiqa davomida matnli formatda muloqot qilgan. 73 foiz holatda GPT-4.5 ni inson deb öylaşgan.
“Biz sun’iy intellekt odamlar tomonidan yaratilgan deb qabul qilinişi mumkin bölgan matnlar, san’at asarlari va musiqa yaratişga qodir bölgan nuqtaga yetib keldik. Ayrimlar hatto SI ong darajasiga yetdimi, degan savolni ham örtaga taşlamoqda”, deyiladi maqolada.
Kembrij luğatida aytilişiça, texnologiyalarning rivojlanişi insoniyat kelajagi hamda maşinalar inson qobiliyatlariga tobora yaxşiroq taqlid qilayotgan dunyoda insonning örni haqida jiddiy savollarni yuzaga çiqarmoqda.
“Sun’iy intellekt davrida inson böliş nimani anglatişi haqida öylab köriş kerak emasmi?” degan savol bilan yakunlagan mualliflar öz tanlovlari izohini.
Eslatib ötamiz, Kembrij luğati “parasotsial” sözini 2025 yilning sözi deb e’lon qilgandi. Bu atama odatda odamlarning şaxsan tanimaydigan kişilar bilan his qiladigan bir tomonlama hissiy boğliqligini ifodalaş uçun qöllaniladi.
Live
Barchasi