Ta’lim tizimidagi hamma muammoning asosi magistraturada turibdi – Toshqulov

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi hamma muammo magistratura bosqichiga borib taqaladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent Besh tashabbus harakati doirasida yoshlar va OAV vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot vaqtida aytib o‘tdi.

“Mening shaxsiy fikrim, bilmadim bu ijtimoi tarmoqlarga qanday talqin qilinadi, O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi hamma muammoning asosi magistraturada turibdi. Nimaga? Mana biz 5 yillik ta’lim tizimida o‘qiganmiz, buni qo‘msamoqchi emasman, shunda 3-kursdan keyin kafedra mudiri, ustozlarimiz, biroz notiqligimizni, fanlarga qiziqishimizni va harakatimizni ko‘rib, “sen o‘qituvchi bo‘lib qolasan, sen boshqa kasb demagin, kafedrada qolasan, sen nima ish qilasan”, deb bizga uqtirib borishdi. Biz universitetni tugatdik, o‘qituvchi bo‘lib qoldik. Bugun mana Xudoga shukr Prezidentimizning ishonchlari bilan, vazir lavozimida mas’uliyatni bo‘ynimizga ko‘tarib turibmiz”, deydi vazir Toshqulov.

U so‘zida davom etib, 22 yildan beri magistraturaga 80 foiz holatlarda bolalar tanish bilishchilik bilan qabul qilib kelinganini ta’kidladi. 

“Ular magistraturani aytaylik bitirdi, xalq xo‘jaligiga bordi, bankka bordi, hokimiyatga bordi, har xil joyga bordi, o‘rnini topolmadi. U yerda og‘ir ish bor, u kelib nima qildi? Qo‘lida magistir diplomi, o‘qituvchi bo‘lishim kerak, men magistrman deb, haligi boshqa sohada yo‘lini topolmagan magistrni biz talabalarga dars o‘tish uchun auditoriyaga kiritib qo‘ydik. U nima qildi? Telefon chuqulab o‘tirdi, bolani turg‘izib yarim soat shaxsiyatiga tegib vaqt o‘tkazishdi. Chunki unda fundamental bilim yo‘q. Bu bilan pedagogik universitetlardan o‘qituvchi bo‘lib chiqadiganlarning bilimiga biz salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘ydik. U maktabga borib, shu ishni qildi, keyin maktabdan keladiganlar sust bo‘lib keldi. Mana shu narsa aylanishi soniga muammo ko‘payib ketdi. Ya’ni magistratura bosqichiga oladigan seleksiyamiz to‘g‘ri bo‘ldi, deb ayta olmayman”, deydi Abduqodir Toshqulov.

Vazir magistraturaga hujjat topshirayotgan odam bakalavr bosqichida o‘qigan yo‘nalishidan tubdan farq qiladigan yo‘nalishni tanlashiga ham to‘xtalib o‘tdi.

"O‘tgan yili siz aytgandek turdosh bo‘lmaganlarga ham ruxsat berildi. Jismoniy ma’daniyatni tugatgan, moliyaga hujjat topshirgan. U to‘rt yil, hafa bo‘lmasin jismoniy ma’daniyatda o‘qiganlar yurtimiz bayrog‘ini ko‘taradiganlar bular, ular ham pedagok, ular ham tarbiya beradi. Lekin iqtisodchi boshqa narsa bu. Yoki filologiyani tugatganlar, yuridik universitetda o‘qiyman deb qolishdi. Endi biz buni mutlaq qilmoqchi emasmiz, undan oldin qanaqa edi, moliya ta’limini tugatgan iqtisodda ham o‘qiy olmas edi, hatto. Yo‘q biz endi buni kamaytirmoqchimiz”, dedi Toshqulov.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing