Imtihonga ro‘molda kirish mumkin emasmi? Toshqulov javob berdi
Intervyu
−
16 iyun 2022
26374Yodingizda bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot institutida ro‘mol o‘ragan qizlarni yakuniy imtihonlarga kiritishmagani aks etgan videolar tarqalgan edi. Holatga bugun, 16 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan anjumanda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov munosabat bildirib, bunday qonun-qoida yo‘qligini ta’kidladi.
“Oliy ta’lim tizimida shu savolga javob berishga qiynalaman. Sababi, bunday cheklov yo‘q. Lekin, har bir Oliy ta’lim muassasasining o‘z dresskodi bor. O‘sha koddan kelib chiqib, birortasining dresskodida “Ro‘mol bog‘lamasin”, degan joyi yo‘q-ku. Faqat ko‘rinish, shakl, boshqa… Har bir OTMda shunday bo‘lishi mumkin. Bu maktab emas, Oliy ta’lim muassasasi, 18 yoshdan yuqorilar. Shuning uchun, bu o‘shalarning noto‘g‘ri qilgan ishi. Hammasi mustaqil Oliy ta’lim muassasalari. Pulini to‘lab o‘qiyapti. Yoshi nuqtai nazardan ham uning huquqi ancha ustuvor. Bilasizmi, bu o‘qituvchilarni mafkurada sug‘orilib ishlaganlarning, bunga o‘xshagan jarayonlarni boshqacha—topshiriqday talqin qilib, o‘zicha… fikrimni tushuntira oldim, menimcha”, deydi Toshqulov.
Ma’lumot uchun, bu holatga institut axborot xizmati rasmiy munosabat bildirib, Andijon davlat tibbiyot instituti Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli ta’lim muassasasi ekani, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2022 yil 24-martdagi 88-sonli “Tibbiyot xodimlarining odob-ahloq Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, tibbiyot muassasasi xodimi va talabalar oq xalat va unga mos bosh kiyimda bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilganini ma’lum qilib, videodagi qiz yuqorida qayd etilgan buyruq asosida kiyinmagani, nazoratchi tomonidan esa tartib-qoidalar atroflicha tushuntirilganini bildirgan.
LiveBarchasi