Nurafshon davlat universitetiga rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Avazjon Marahimov Nurafshon davlat universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Avazjon Marahimov Rahimovich Nurafshon davlat universitetining rektori etib tayinlandi. Marahimov tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining rektori lavozimida ishlab kelgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Avaz Marahimov 1960 yil 9 oktyabr kuni  Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U texnika fanlari doktori bo‘lib, 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri bo‘lgan. Marahimov Halon texnologiya universiteti (Isroil) va Soka universiteti (Yaponiya) faxriy professori hamda Yevropa-Osiyo Universitetlar Prezidentlari Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, uning o‘rniga Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlangandi. Toshqulov bunga qadar O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida ishlayotgan edi. 

Qayd etish joizki, Toshqulov 2017-2021 yillarda ham aynan Termiz davlat universitetiga rektorlik qilgan. 2021 yil yanvarda u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Toshqulov Avazjon Marahimov Nurafshon davlat universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing