Toshqulov Administratsiyadan ketib, rektorlikka qaytdi

Jamiyat

image

Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasidan ketdi va Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" xabar berdi.

U 2022 yil dekabrdan to shu paytgacha Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bildirilishicha, hozirda ushbu lavozim tugatilgan.

Qayd etish joizki, Toshqulov 2017-2021 yillarda ham aynan Termiz davlat universitetiga rektorlik qilgan. 2021 yil yanvarda u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing