O‘zbekistonda so‘nggi 10 oyda oilaviy zo‘ravonlik qilib qamalganlar soni aytildi

Jamiyat

image

2024 yilning 10 oyi davomida O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikka qo‘l urgan 126 kishi ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 15 ming 427 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 9210 nafariga jarima jazosi, 6 17 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 399 nafar shaxs sudlanib, ularning 126 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 18 nafar shaxs esa shartli hukm qilingan.

JSSTning ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi har uchinchi ayolga o‘z umr yo‘ldoshi tomonidan jismoniy tazyiq o‘tkaziladi. Tazyiq va zo‘ravonlik oqibatida o‘lim kelib chiqqan hollarning 38 foizida uning turmush o‘rtog‘i yoki u bilan birga ro‘zg‘or qurib yashayotgan shaxsning aybi bo‘ladi.

2023 yil va joriy yilning may oyiga qadar sodir etilgan 894 ta oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning 55,6 foizi, ya’ni 506 tasi taraflar yarashganligi munosabati bilan tugatilgan. Qolgan 44,4 foizi, ya’ni 388 tasi bo‘yicha sud tomonidan tegishli jazolar tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uning yaqin qarindoshlari tomonidan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida xabar berilgandi. Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qamalganlar Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing