O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 2800 nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
31 may 2020
5116Samarqand viloyatida 7 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 31 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Samarqandda sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Pastdarg‘om, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda.
Ma’lumot uchun, viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 274 nafar bo‘lsa, endilikda 281 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 2790 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3554 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha 14 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi