O‘zbekistonda sanoati 100 mln dollardan oshgan tumanlar 116 taga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga ko‘paydi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezidentning Xivada bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi.

“Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti”, deydi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetgan. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga ko‘paygan.

Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetgan. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda.

Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshgan.

So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirilgan. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilingan.

Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllangan. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “ Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing