Eng arzon energiya – tejalgan energiya – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
15:38 496 2 daqiqa
O‘zbekistonda ijtimoiy soha ob’ektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga xususiy sarmoya jalb etiladi. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, energiya saqlash loyihalari uchun qonunchilikda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 10 yillik imtiyozlar belgilangan. Ularni qo‘llashdagi turlicha talqinlarga barham berish uchun imtiyozlar akkumulyator yoki quyosh paneli joylashgan maydon bilan birga zarur podstansiya, boshqaruv binosi va yordamchi infratuzilmaga ham tegishli ekani Soliq kodeksida aniq ko‘rsatiladi.
Taqsimlash tarmoqlarida xususiy sektor ishtiroki ham kengaytiriladi. Samarqandda boshlangan yondashuvni Jizzax va Toshkent viloyatlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Maqsad – elektr yo‘qotishlarini kamaytirish va iste’molchilarga xizmat sifatini yaxshilash.
“Eng arzon energiya – tejalgan energiya”, deydi Prezident.
Ijtimoiy soha ob’ektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga xususiy sarmoya jalb etiladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlar hisobidan daromad olishi mumkin bo‘ladi.
Davlat rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib borayotganini ta’kidlagan. Mamlakatda tabiiy resurslar, sanoat korxonalari, muhandislar va bilimli yoshlar bor. Sarmoya va ilg‘or texnologiyalar bilan birga bu imkoniyatlar ko‘proq qiymat yaratishi mumkin.
“O‘Z” g‘oyasining iqtisodiy mazmuni ham mamlakat salohiyatini rivojlantirish, dunyo bilan teng hamkorlik qilish va umumiy kelajak uchun mas’uliyat olishdan iborat.
Energetika loyihalarida mis mahsulotlari, kabel, transformator, metall konstruksiyalar va qurilish materiallariga katta talab bor. Prezident mahalliy korxonalar sifat, narx va standartlar bo‘yicha raqobatlasha olishini qayd etgan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr