O‘zbekistonda “Salimboyvachcha”dan yordam so‘ragan deputatni hibsga olishga qaror chiqqan – Tashiyev

Olam

image

Avvalroq o‘zbekistonlik “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev bilan yashirin uchrashuv o‘tkazish uchun chegarani kesib o‘tgan qirg‘izistonlik deputat Emil Jamg‘irchiyev qidiruvga berilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston sudi uni  hibsga olish uchun qaror chiqargan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi. 

“Jamg‘irchiyev u yerda nima qilgani, kimlar bilan uchrashgani, qanday hujjatlarni olib ketganini aniqladik. Bularning barchasi bir yil davom etdi. Biz o‘zbekistonlik hamkasblar bilan hamkorlikda ishlaymiz”, degan Tashiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston maxsus xizmatlari Jamg‘irchiyevga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atgan. U qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekistonda sud uni hibsga olishga qaror qilgan. Ammo O‘zbekistonda bu haqda rasmiy ma’lumot berilmadi.

“Jamg‘irchiyevni hech kim maxsus ta’qib qilmagan. Agar u chegarani qonuniy ravishda kesib o‘tgan bo‘lsa, unga kim nima derdi? Chegarani bemalol kesib o‘tib, xohlagan odam bilan uchrashib, qaytib ketardi. Lekin bu yerda qonun buzilishi bor va biz bunga munosabat bildirishimiz kerak. Bu shunchaki protsedura”, deydi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

Uning qayd etishicha, deputat qonunlarni bilishi shart.

“Shu bois ham, tajriba va bilimga ega deputatlarni ishga oling, deb ko‘p aytamiz. Jamg‘irchiyev maxsus hujjatlarni olib, boshqa davlatga jo‘nab qolgan. Bu maxfiy hujjatlar bo‘lsa-chi? U parlamentdan hujjatlarni olib, do‘sti orqali boshqa davlatga o‘tgani uchun qonun oldida javob berishi kerak”, deydi Tashiyev.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan edi. Tadbir davomida Salim Abduvaliyev Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyida qo‘lga olingandi. 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, Salim Abduvaliyevning noqonuniy qurol saqlayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda tergov olib borilmoqda. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qo‘lga olingan Salim Abduvaliyev qo‘yib yuborilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. QALAMPIR.UZ ushbu gaplar ortidan tushib, ularga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmaganini aniqlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Salim Abduvaliev Emil Jamg'irchiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made