O‘zbekistonda piyozning yangi navi yaratildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda “Malla” nomli yangi piyoz navi yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, vazirlik huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida piyozning “Malla” nomli navi yaratilgan. Yangi piyoz navining urug‘i martning dastlabki o‘n kunligida 15 sotix yer maydoniga 10-12 kilogramm miqdorida sepiladi. Piyozboshlar gilos kattaligida bo‘lganidan keyin terib olinib, quritiladi va alohida joyga olib qo‘yiladi. Sentyabr oyining boshida esa piyozboshlar 70×10 sxemada 4 qatordan gektariga 571,4 ming dona ekiladi. Ekilganidan so‘ng bir marta sug‘oriladi va piyozlar ko‘kara boshlaydi. 

Sovuq kunlarda yetishtirilgani uchun piyozlarni o‘tash shart bo‘lmaydi. Boisi, zararkunanda o‘simliklar sovuqda o‘z-o‘zidan nobud bo‘ladi. Yangi navning boshqa turlardan farqi shundaki, u bir oy oldin pishib yetiladi va aprel oyi o‘rtalaridan boshlab aholi iste’moli uchun yetkazib beriladi. 

Shuningdek, Andijondagi tajriba stansiyasida sarimsoqpiyoz ham ekib yetishtirilayotgani ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ham yaratilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

piyoz yangi nav

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing