Samarqandda tez yordam mashinasida piyoz tashildimi?
Jamiyat
−
29 iyul
9591Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida tez yordam mashinasi qoplar to‘la piyoz olib ketayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, olib borilgan o‘rganish ishlari davomida mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishliligi aniqlangan. Undan bemorlarni davolash uchun shifo maskaniga olib kelish, yashash manziliga eltib qo‘yish va mobil tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadlarida foydalanib kelingan.
Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik sub’ektiga qarashli xo‘jalik avtomashinasi harakatlanish chog‘ida yo‘lda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tez tibbiy yordam avtomobillari uchun alohida davlat raqamlari joriy etilishi haqida xabar berilgandi.