O‘zbekistonda piyoz narxi rekord darajada arzonlashdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda piyozning ulgurji narxi 1500 so‘mgacha tushib ketdi. Bu haqda "EastFruit" ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 830 kilogrammdan ortiq piyozni 100 dollarga ulgurji xarid qilish mumkin. Mamlakat tarixida yilning ushbu davrida piyoz bunday arzon bo‘lmagan. Bir yil avval piyoz narxi hozirgidan 4,4 barobar qimmatroq edi. Yilning ushbu davri uchun odatiy narx taxminan ikki baravar yuqori va 24-26 AQSH sentini tashkil qiladi. Biroq, muammo narxlar grafigida ko‘rsa, ancha jiddiyroq. 

Gap shundaki, ushbu ma’lumotlar kichik ulgurji savdolar narxidir. Agar bahorda qayta sotish uchun kuzda piyoz xarid qilgan fermer yoki savdogar darajasida narx haqida gapiradigan bo‘lsak, unda bunday mahsulotning haqiqiy narxi hozirda nolga teng bo‘ladi. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 150-200 ming tonna piyozni  chiqindiga tashlash yoki chorva ozuqasi sifatida berish kerak bo‘ladi. Shuning uchun, agar bu hafta piyoz narxi yana sezilarli darajada pasaysa, hayron bo‘lmaslik kerak.

“Piyozga talab elastik emas. Boshqacha aytganda, piyoz narxi yuqori yoki past bo‘lishidan qat’i nazar, unga bo‘lgan talab sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Narxlar past bo‘lishiga qarab, odamlar piyozni ko‘proq iste’mol qilmaydi", deb tushuntiradi iqtisodchi Andrey Yermak. 

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistondan piyoz eksporti rekord o‘rnatgandi. O‘zbekiston piyozi eksportining 95 foizi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bozorlariga yetkazib berilgan. Mart oyi o‘rtalaridan iyun oxirigacha xorijga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natilgan edi. 2022 yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 53 foizga oshgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston piyoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing