O‘zbekistonda piyoz narxi ko‘tarilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda erta piyoz hosili xavf ostida. Bu haqda O‘zgidrometereologiya markazining mutaxassisi Erkin Abdulahatov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-20 fevral kunlari Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonga kirib kelishi kutilayotgan sovuq havo massalari mintaqadagi eng yirik piyoz eksportchilari bo‘lgan ushbu mamlakatlarda piyoz hosiliga katta zarba beradi.

EastFruit ekspertlari ham sovuq havo to‘lqini mart oyida ushbu uch mamlakatlarning janubiy mintaqalarida hosilga kiradigan erta piyoz hosiliga, shuningdek, karam va sabzi kabi boshqa erta pishuvchi sabzavotlar hosiliga jiddiy zarar yetkazishini bildirmoqda.

Bundan tashqari, quruq mevalar va bodom hosilining bir qismi tahdid ostida qolishi mumkin.

Meva-sabzavotchilik sohasidagi xalqaro ekspert Baxtiyor Abduvohidovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda mintaqada havo juda issiq – kunduzi havo harorati 20 darajadan ko‘tarilib ketishi sababli ko‘plab mintaqalarda bodom allaqachon gullagan va boshqa danakli daraxtlarda kurtaklar bo‘rtib bo‘lgan.

Kelayotgan sovuqlik to‘lqini erta piyoz hosiliga hududlar kesimida turlicha zarar keltiradi.

O‘tgan mavsum tajribasi shuni ko‘rsatadiki, erta piyoz hosilining bir qismi yo‘qolishi mumkin. Piyozning sifati yomonlashishi ham ehtimoldan holi emas. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston piyoz narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing