O‘zbekistonda pensiya tizimi o‘zgaradi
Jamiyat
−
26 Sentabr
91951O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahmasi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Qarorda amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlash uchun ma’sul ishchi guruh tashkil etilishi belgilandi.
Ishchi guruh 2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi zarur.
Ishchi guruhga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi berilgan.
Ishchi guruhga Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar avtomatik tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi