O‘zbekistonda nechta erkak ko‘p xotinlilik uchun sudlangan?
Jamiyat
−
03 avgust 2023
9034Joriy yilning dastlabki olti oyi mobaynida O‘zbekistonda 4 nafar fuqaro ko‘p xotinli bo‘lgani uchun sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2018-2022 yillar davomida Jinoyat kodeksining 126-moddasida (ko‘p xotinli bo‘lish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 34 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ularga tegishli jazo tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LiveBarchasi