O‘zbekistonda nechta erkak ko‘p xotinlilik uchun sudlangan?
Jamiyat
−
03 avgust 2023 11718 1 daqiqa
Joriy yilning dastlabki olti oyi mobaynida O‘zbekistonda 4 nafar fuqaro ko‘p xotinli bo‘lgani uchun sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2018-2022 yillar davomida Jinoyat kodeksining 126-moddasida (ko‘p xotinli bo‘lish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 34 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ularga tegishli jazo tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.